Psudokod va Diagramma Orqali Ifodalash

Keling darsimizni psudokod va diagrammalar nima ekanligiga ta’rif berishdan boshlaylik.

Psudokod

Psudokod algoritmni sodda va odam o’qishiga mo’ljallangan usulda ifodalash usulidir. Bunda kundalik hayotda ishlatiladigan so’zlar va dasturlashda ishlatiladigan sintaksis jamlanmasidan foydalanish mumkin.

# Sonning juft yoki toq ekanligini aniqlash uchun psudokod

agar son mod 2 = 0:
    natija = "juft"
aks holda:
    natija = "toq"

# natijani chiqaring

Yuqorida sonning juft yoki toq ekanligini aniqlash uchun psudokodni ko’rishingiz mumkin. Chindan ham yaxshiroq e’tibor beradigan bo’lsak, bu hech qanday dasturlash tili sintaksisi bilan ustma-ust tushmaydi va hatto o’zbek tilidagi so’zlar ishlatilgan.

Diagramma

Berilgan chizmada ishlamayotgan lampani ishlaydigan holatga keltirish uchun algoritm tasvirlanganini ko’rishingiz mumkin. Ushbu diagramma quyidagi psudokodga teng kuchlidir.

# Lampa ishlamayapti
agar lampa ishlamasa:

    # Lampa ulanmaganmi tekshiriladi
    agar lampa ulanmagan bolsa:
        lampani ulang
        chiqarish "Lampa hozir ulangan."

    # Lampa yongani tekshiriladi
    yoki lampa kuyganmi
    agar kampa kuygan bo’lsa:
        lampani almashtiring
        chiqarish "Lampa almashtirildi."

    # Aks holda, lampa tuzatiladi
    aks holda:
        lampani tuzating
        chiqarish "Lampa tuzatildi."

# Chiqarish: Lampa endi ishlayapti deyiladi
chiqarish "Lampa hozir ishlamoqda."
Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting