Kirish

Algoritm bu biror tayinlangan vazifani bajarish uchun kerak bo’ladigan qadamma-qadam amallar ketma-ketligidir.

Algoritmlarga hayotiy misollar bisyor. Masalan:

Gamburger tayyorlash:

  1. Nonni oching;
  2. Sousni surting;
  3. Go’shtni qo’ying;
  4. Sabzavotlarni qo’ying;
  5. Nonni yoping;

Arifmetik hisob-kitob: 7 – 2 * 3 :

  1. Avval ko’paytirish amalini bajaring: 2 * 3 = 6
  2. Hosil bo’lgan natija orqali ayirish amalini bajaring: 7 – 6 = 1
  3. Natijani ko’rsating: 1

Algoritmlar bir necha sabablarga ko’ra dasturlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tizimli tartib: Algoritmlar dastur yaratish davomida dasturchilar uchun yo’l xaritasi vazifasini bajaradi. Dasturchilar berilgan vazifani hal qilish uchun algoritm ishlab chiqishadi va uni komputerga dastur sifatida qadamma-qadam kiritishadi. Bu orqali dastur tushunarli va tahlil qilishga oson bo’lishiga erishiladi;

Kod optimalligi: Yaxshi tuzilgan algoritm samarasiz amallarni kamaytirib, dastur tezroq va yengilroq ishlashini ta’minlaydi. Gamburger tayyorlash misolida qaraylik. Quyidagi algoritm asosida ham gamburger tayyorlash mumkin:

Gamburger tayyorlash:

  1. Nonni oching;
  2. Sousni surting;
  3. Sabzavotlarni qo’ying;
  4. Nonni yoping;
  5. Nonni oching;
  6. Go’shtni qo’ying;
  7. Nonni yoping;

Ammo ko’rib turganingizdek biror amalning o’rni o’zgarishi (go’shtni nonni yopgandan keyin qo’yish) gamburger tayyorlash jarayonini murakkablashtiradi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, algoritmlar nazariyasini yaxshi tushunish oxir oqibatda yaxshiroq dasturchi muhandis bo’lib yetishishga ko’maklashadi.

Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting