C dasturining strukturasi

Hujjatlar bo’limi

Bajarilmasa ham, sharhlar kodning maqsadi, muallifligi va o’zgartirishlarini tushuntirish uchun juda muhim bo’lib, kodni tushinish va o’zgartirishni osonlashtiradi.

Masalan:

// Kalkulyator dasturi 
// Muallif: Xorazmiy Dev 
// Oxirgi o'zgartirilgan sana: 01/01/2023

Ushbu bo’lim ixtiyoriy bo’lib, dasturning bajarilishiga bevosita ta’sir ko’rsatmaydi.

Bog’lanish bo’limi

Ushbu bo’lim kiritish/chiqarish operatsiyalari kabi muhim funksiyalarni ta’minlovchi sarlavha fayllarini o’z ichiga oladi. Ushbu sarlavhalar dasturingizni standart C kutubxonasiga ulaydi.

Masalan:

#include <stdio.h>

Kutubxonalar bu kimdir tomonidan yozilgan ishlatishga tayyor kodlar to’plamidir.

main() funksiyasi: Dasturning kirish nuqtasi

main() funksiyasi C dasturlarining boshlang’ich nuqtasidir. Har bir C dasturi ushbu funksiya orqali boshlanadi.

Quyidagi eng oddiy “Salom, Dunyo” dasturiga e’tibor bering:

Ushbu to’liq dastur yuqorida keltirilgan barcha bo’limlarni o’z ichiga qamrab olgan.

Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting