Tsikllar

Tsikl – dasturlashda ma’lum bir shart bajarilmaguncha kod blokini bir necha marta takrorlash usulidir.

Ular takrorlashni talab qiladigan vazifalarni bajarish uchun foydalidir, masalan, sonlar ketma-ketligini chop etish, elementlar massivini qayta ishlash .

C tilida sikllarning uch turi mavjud: while, do-while va for. Har bir tur har xil sintaksis va xatti-harakatlarga ega, ammo ularning barchasi bir xil asosiy mantiqqa amal qiladi.

while

Aytaylik siz 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni konsolda chop etishingiz kerak. Bu vazifani bajarishning bevosita usuli quyidagicha bo’lishi mumkin:

Endi tasavvur qiling xuddi shu ishni 1 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar bilan bajarishingiz kerak. Yuqoridagi keltirilgan usul bilan sizdan kamida 1000 qator kod yozish talab qilinardi.

Bu kabi takrorlanuvchi vazifalarni biz while tsikli yordamida osongina bajarishimiz mumkin:

Izoh:

Ushbu kod 1 dan 10 gacha raqamlarni, har bir satrda bittadan chop etadi va keyin to’xtaydi.

Tsikl o‘zgaruvchisi i sikl necha marta ishlaganligini kuzatib boradi va tsikl sharti i <= 10 tsikl qachongacha bajarilishini kerakligini aniqlaydi.

Tsikl tanasidagi printf(“%d\n”, i); – tsiklning har bir iteratsiyasida konsolga i o’zgaruvchisining qiymatini chop etadi.

Har tsikl oxirida i = i + 1; ifodasi i o’zgaruvchisining qiymatini 1 ga oshirib boradi.

E’tibor bering
C dasturlash tilida // bilan boshlanuvchi satrlar kodni izohlash vositasidir. Ular kodning ishlashiga bevosita ta’sir qilmaydi.

for

Tsikllarning yana bir va eng keng tarqalgan turi bu for tsiklidir. for sikli mantiqiy jihatdan while siklidan farq qilmaydi.

Keling endi 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni for tsikli yordamida konsolga chop etamiz:

Izoh:

for tsikli sizga tsikl o’zgaruvchisiga boshlang’ich qiymat berish, shartini belgilash va tsikl o’zgaruvchisini bir joyda yangilash imkoniyatini beradi:

(i = 1; i <= 10; i++)
  • i = 1; tsikl o’zgaruvshisi i ga boshlang’ich qiymatni belgilaydi
  • i <=10; tsikl shartini belgilaydi, ya’ni, tsikl tanasi i o’zgaruvchisining qiymati 10 dan kichik yoki teng bo’lsagina bajariladi
  • i++; tsikl o’zgaruvchisi i ning qiymatini 1 ga oshiradi
E’tibor bering
C tilida son o’zgaruvchilarning qiymatini 1 ga oshirishning yana bir usuli ++ operatoridiir.

Ya’ni, i = i +1; va i++; ifodalari bir biriga ekvivalent hisoblanadi.
Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting