Massivlar

Massiv – bu bir xil turdagi elementlarning belgilangan sonini saqlashi mumkin bo’lgan ma’lumotlar strukturasi. Massivdagi har bir element unga kirish yoki o‘zgartirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan noyob indeksga ega. Massivlar ma’lumotlarni ketma-ket yoki tartibli tarzda saqlash va boshqarish uchun foydalidir.

Tassavvur qiling, 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni o’zgaruvchida saqlashingiz kerak. Buni C tilida quyidagicha amal oshirish mumkin:

int a0 = 1;
int a1 = 2;
int a2 = 3;
int a3 = 4;
int a4 = 5;
int a5 = 6;
int a6 = 7;
int a7 = 8;
int a8 = 9;
int a9 = 10;

Ushbu misolda biz har bir sonni saqlash uchun alohida o’zgaruvchi ta’yinladik. Muammo shundaki bunday usul bilan judayam ko’p sonlarni saqlamoqchi bo’lsak ularning har biriga alohida o’zgaruvchi tayinlashimiz kerak. Bu muammoni massiv yordamida yechishimiz mumkin.

Massivni C tilida e’lon qilish uchun kvadrat qavs ichida elementlarning turini, massiv nomini va massiv o‘lchamini ko‘rsatish kerak. Masalan, 10 ta butun sonni saqlovchi massivni quyidagicha e’lon qilishingiz mumkin:

int sonlar[10];

Bundan tashqari jingalak qavslar yordamida massivning har bir elementga qiymatlarni belgilashingiz mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan sonlar massivini 1 dan 10 gacha bo’gan sonlar bilan to’ldirilgan holda quyidagicha yaratish mumkin:

int numbers[10] = {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10};

Ushbu massivni quyidagi mantiqiy ko’rinishda tassavvur qilish mumkin:

sonlar:  | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
         |---|---|---|---|---|---|---|---|---|----|
indeks:  | 0 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |  9 |

Massivdagi har bir element o’z indeksiga ega bo’ladi. Massivning elementlarini ularning indeksi yordamida o’qishimiz mumkin.

E’tibor bering
C va boshqa aksariyat dasturlash tillarida massiv indekslari 0 dan boshlanadi, ya’ni, massivning birinchi elementi 0 chi indeksda joylashgan bo’ladi.

Endi quyidagi dasturga e’tiboringizni qarating:

Izoh:

Ushbu dastur 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar massivini yaratadi va 0, 2 va 9 chi indekslarda joylashgan massiv elementlarini konsolda chop etadi:

1
3
10

Endi massivning biron elementining qiymatini o’zgartirishga harakat qilib ko’raylik:

Izoh:

Massiv elementlariga yangi qiymat berish uchun indekslardan foydalanishimiz mumkin:

a[0] = 11;

Ushbu dastur massivning 0 indeksdagi qiymatini uni o’zgaritirishimizdan oldingi va keyingi qiymatlarini konsolga chop etadi:

eski qiymat: 1
yangi qiymat: 11

Endi massivning barcha elementlari ustida ma’lum bir amal bajarishga harakat qilib ko’raylik.

Misol uchun, yuqorida keltirilgan 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar massivining har elementining qiymatini 1 ga oshiraylik:

Izoh:

Ushbu dasturda massivning har bir elementi ustida amallar bajarish uchun oldingi darslarimizdan bizga tanish bo’lgan for tsiklidan foydalandik.

Dastur yakunida yangilangan massiv, ya’ni, 2 dan 11 gacha bo’gan sonlar konsolda chop etiladi:

2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting