Funksiyalar

Funksiyalar dasturda kodni tashkil qilish va qayta ishlatish usulidir. Funksiya ma’lum bir vazifani bajaradigan va dasturning boshqa qismlari tomonidan chaqirilishi mumkin bo’lgan kod blokidir.

Funksiyalardan foydalanishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Ular murakkab kodni maydaroq va tushunishga oson bo’laklarga bo’lish imkoniyatini beradi.
  • Ular kodni qayta ishlatish imkoniyatini beradi, ya’ni, funksiylarni dasturda bir necha marta ishlatish mumkin.

Funksiyalar kirish va chiqish qiymatlariga ega bo’lishi mumkin. C tilida da funksiya quyidagi sintaksisga ega:

return_type function_name(parameter_list)
{
    // funksiya tanasi
    return expression; // qaytish bayonoti (ixtiyoriy)
}
  • return_type – funktsiya qaytaradigan qiymatning ma’lumotlar turi. Agar funktsiya hech qanday qiymatni qaytarmasa, qaytarish turi void (bo’shliq) deb belgilanadi.
  • function_name – funksiyaning nomi. U ta’riflovchi bo’lishi (ma’lum manoga ega) va C nomlash qoidalariga rioya qilishi kerak.
  • parametr_list – funksiyaga kirish sifatida uzatiladigan oʻzgaruvchilar roʻyxati. Har bir parametr vergul bilan ajratilgan nom va ma’lumotlar turiga ega. Agar funktsiya hech qanday parametrlarni qabul qilmasa, parametrlar ro’yxati bo’sh yoki void kalit so’zini o’z ichiga oladi.
  • Funksiya tanasi {} jingalak qavslar bilan o’ralgan va funksiya nima qilishini belgilaydigan ifodalarni va bayonotlarni o’z ichiga oladi.
  • return – iborasi funksiyani bajarishni tugatish va funksiyaning chaqiruvchisiga qiymatni qaytarish uchun ishlatiladi. Agar funksiya hech qanday qiymatni qaytarmasa, return iborasi o’tkazib yuborilishi mumkin.

E’tibor bergan bo’lsangiz, biz oldingi darslarimizda allaqachon funksiyalarni ishlatganmiz. Gap shundaki, C dasturlari har doim main funksiyasidan boshlanadi.

Misol uchun boshlang’ich darslarimizdagi “Salom Dunyo” dasturini olaylik:

Izoh:

Ushbu dasturdagi main funksiyasini ko’rib chiqaylik:

  • Funksiyaning chiqish qiymati turi int ga teng. Ushbu dasturda main funksiyasi chiqish qiymati sifatida 0 sonini qaytaradi, return 0;.
  • Funksiyaning kirish qiymatlari bo’lmagani uchun void kalit so’zi ishlatilgan.
  • Funksiyaning tanasi yagona bayonotdan iborat, printf(“Salom, dunyo!\n”); . E’tibor bersangiz, printf ham o’z navbatida funksiyadir.

Endi, o’zimiz yangi funksiya yozishga harakat qilib ko’raylik. Aytaylik, bizga 2 ta butun sonning yig’indisini hisoblaydigan funskiya kerak. Buni quyidagicha amalga oshirishimiz mumkin:

Izoh:

Ushbu dastur sum deb nomlanuvchi yangi funksiyani e’lon qiladi. Funksiya chiqish qiymati ma’lumot turi int ga teng. Bundan tashqari funksiya 2 ta int turidagi a va b deb nomlanuvchi kirish qiymatlarini qabul qiladi. Va nihoyat, funksiya a va b sonlarining yig’indisini qaytaradi, return a + b;.

Asosiy main funkiyasi a, b va c nomli 3 ta o’zgaruvchi e’lon qiladi. Keyingi qatorda, sum funksiyasi a va b kiruvchi qiymatlar bilan chaqiriladi va natijasi c o’zgaruvchisiga yoziladi. Dastur yakunida natija konsolga chop etiladi:

a + b = 15
E’tibor bering
sum funksiyasi main funksiyasidan oldin e’lon qilingan. Aks holda main funksiyasi sum funksiyasi haqida bilmaydi. C tilida funksilar uni chaqiruvchi koddan oldin e’lon qilinishi kerak.
Scroll to Top

Akkauntizga kirish uchun e-mail va parolingizni kiriting