Ushbu kurs Python dasturlash tilining boshlang’ich tushunchalari bilan tanishtirishga mo‘ljallangan bo’lib, kurs yordamida o’quvchiga Pythonning asosiy tushunchalari, ma’lumotlar turlari, ma’lumotlar bilan ishlash va boshqa kerakli bilimlar berib boriladi.
Kursni boshlash uchun ko’nikmalar:
- Kompyuter operatsiyalari va terminologiyasi haqida asosiy tushuncha
- Oldindan dasturlash tajribasi talab qilinmaydi
- Asosiy matematik tushunchalar (algebraik amallar) bilan tanish bo’lish
- Internetga, istalgan turdagi veb-brauzerga (Safari, Google va boshqalar) kirish imkoniyatiga ega qurilma.
Kursning o’quv maqsadlari
Ushbu kursni tugatganingizdan so’ng siz Python dasturlash tilining asosiy tushunchalari haqida bilimga ega bo’lasiz. Bundan tashqari, turli xil ma’lumotlar turlarini boshqarish va takrorlash oqimlarini boshqarish tushunchalarini o’rganasiz. Eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar turlarining asoslarini o’zlashtirib kod yozish muammolariga ishonch va aniqlik bilan yechim topa olasiz.
Kursning o’quv natijalari
- Pythonning asosiy tushunchalari va sintaksisini kuchli tushunish
- Turli xil ma’lumotlar turlari va boshqaruv tuzilmalarini dasturlash vazifalarida samarali qo’llash
- Ishonch va aniqlik bilan satrlarni boshqarishni o’zlashtirish
- Kod yozish mashqlarida ro’yxatlar, o’zgarmas ro’yxatlar, to’plamlar va lug’atlardan mohirona foydalanish
- Python dasturlash usullarini real ssenariylarda ishonchli va samarali qo‘llash